“Carvon” yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 8,150 so‘mga ko‘tarildi

1-yanvardan Buxoro NQIZda ishlab chiqarilgan benzin birja savdolari orqali sotilmoqda

“Carvon” yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 8,150 so‘mga ko‘tarildi

“Carvon” (sobiq UNG Petro) tarmog‘idagi AI-80 benzini narxi 8,150 ming so‘mga ko‘tarilgani haqida ma’lumotni bir necha OAV, jumladan, “Gazeta.uz” va “Kun.uz” tasdiqladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Carvon” shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 6,900 so‘mdan 18,1% ga oshib, 8,150 so‘mga yetgan. Buning sababi borasida rasmiy izoh berilgani yo‘q. 

Ammo yoqilg‘i quyish shoxobchalari benzinni Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan oladi. Dekabr oyining oxirida “O‘zbekneftgaz” 2025-yil 1-yanvardan boshlab Buxoro NQIZda ishlab chiqarilgan benzin va boshqa neft mahsulotlari faqat birja savdolari orqali sotilishini ma’lum qilgan edi. Biroq prezident farmoni bilan birja savdolari birinchi ish kuni sifatida 3-yanvardan boshlanadi.

Tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 26-dekabr kuni AI-80 benzini narxi QQSsiz 1 tonna uchun 9,31 mln so‘mni tashkil qildi. Noyabr oyida bu narx 10 mln so‘mdan oshgan edi, ammo Raqobat qo‘mitasi tomonidan narx chegarasi joriy etilgach, narx ruxsat etilgan darajagacha pasaytirildi.  

2024-yil mart oyida “Uzbekneftgaz”ga tegishli bo‘lgan “UNG PetroAYOQSH” tarmog‘i xususiy mulk sifatida “Petroleum Technology Group” kompaniyasiga sotilgan. Hozirda kompaniya ustav kapitalining 99% ulushi Doniyor Komilovga, qolgan 1% esa “Delta Global Dynamics” kompaniyasiga tegishli. 

Noyabr oyida “UNG Petro” tarmog‘i rasmiy ravishda “Carvon” nomiga o‘zgartirildi.

2023-yil 31-dekabrda AI-80 benziniga nol aksiz solig‘i stavkasi o‘z nihoyasiga yetgan. Keyin “UNG Petro” yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu markadagi yoqilg‘i narxi 6,050 so‘mdan 6,800 so‘mga ko‘tarildi. Shunday qilib, bir yil davomida benzin narxi 33,9% ga oshganini ko‘rish mumkin.

Ammo boshqa shoxobchalarda AI-80 narxi hali o‘zgarmagan — bir litri 8,400-9,000 so‘m atrofida sotilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklar uchun “Work and Travel” doirasida ish taklif qilinmoqda
/
O‘zbekistonliklar uchun “Work and Travel” doirasida ish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etildi
/
O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etildi
Toshkentdagi yirik yer uchastkasi 10 daqiqada sotildi
/
Toshkentdagi yirik yer uchastkasi 10 daqiqada sotildi