Markaziy bank noyabr oyida 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Shuningdek, 22 ta bankka ogohlantirish berdi

Markaziy bank noyabr oyida 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Markaziy bankning xabariga ko‘ra, Bank nazorati qo‘mitasi noyabr oyida jami 32 ta masalani ko‘rib chiqib, tegishli qarorlar qabul qilgan

Xususan, tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 22 ta bank va 3 ta to‘lov tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi. 

Shuningdek, 8 ta bank, 7 ta to‘lov tashkiloti va 12 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, ro‘yxatga olish va ruxsat berish bo‘yicha ko‘rib chiqilgan masalalar: kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (1 ta), banklarda audit o‘tkazish huquqi uchun auditorlik malaka sertifikati taqdim etish (1 ta), kredit tashkilotlari ustav fondidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta), tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlarini ko‘rib chiqish (8 ta).

Moliyaviy holat va nazorat bo‘yicha ko‘rib chiqilgan masalalar: kredit tashkilotlarining moliyaviy holati (1 ta), markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlarga rioya qilish holati (19 ta), tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida nazorat tadbirlari va o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari muhokama qilindi (1 ta).

Bundan tashqari, Bank nazorati qo‘mitasining tegishli qarori bilan 7 ta bank 2025-yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi