2026-yilda 770 ta ijtimoiy obyekt energiya samaradorlik talablari asosida modernizatsiya qilinadi

Buning uchun xalqaro moliya institutlaridan $264 mln mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda

2026-yilda 770 ta ijtimoiy obyekt energiya samaradorlik talablari asosida modernizatsiya qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni energiya samaradorligini oshirish va elektr ta’minoti sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha taqdimotni ko‘rib chiqdi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston energiya sarfi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlardan biri hisoblanadi: yakuniy energiya iste’molining qariyb 50%i binolardan keladi, kvadrat metrga energiya sarfi esa Yevropaga qaraganda bir necha baravar yuqori.

Ushbu muammoni hal qilish uchun o‘tgan yili alohida agentlik tashkil etildi, uning vazifasi 2030-yilga kelib iqtisodiyotda energiya sarfini kamida 20% ga, davlat va ijtimoiy muassasalarda esa 15% ga kamaytirish.

Taqdimotda agentlikning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatdagi aksariyat binolar 1960 va 1970-yillarda qurilgan va energiya sarfi darajasi yuqori.

Shu bois ijtimoiy obyektlar va aholi turar joylarini energiya samarador obyektlarga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar rejalashtirilgan. Joriy yilda bunga 150 mlrd so‘m subsidiya va kompensatsiya mablag‘lari yo‘naltiriladi, — deyiladi yig‘ilishda.

Respublikadagi 30 mingga yaqin ijtimoiy obyektlarning energiya samaradorligini oshirishda xalqaro moliya institutlari ishtiroki va xususiy sektor investitsiyalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Joriy yilgi investitsiya dasturi doirasida 770 ta ijtimoiy obyekt energiya samaradorlik standartlari asosida modernizatsiya qilinadi. Bunga xalqaro moliya institutlaridan $264 mln mablag‘ jalb etiladi.

Mutasaddilarga binolarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda energiya samaradorlik standartlari va ta’sirchan qoidalarni ishlab chiqish topshirildi.

Markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimidagi mavjud muammolarga ham alohida e’tibor qaratildi. Taqdimotda aytilishicha, ayni paytda issiqlik qozonxonalari va tarmoqlarining bir qismi eskirishi oqibatida energiya yo‘qotishlari yuqori darajada qolmoqda. Shu bois joriy yilda issiqlik qozonxonalari va tizimlarini modernizatsiya qilish, ularni “yopiq tizim”ga o‘tkazish doirasida 400 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatish va kamida 100 kilometr issiqlik tarmoqlarini yangilash ko‘zda tutilgan.

Sanoat sohasida energiya samaradorligini oshirish rejalari belgilab berildi. Jumladan, joriy yilda 142 ta to‘qimachilik korxonasiga quyosh panellarini o‘rnatib, 722 mln kilovatt-soat elektr energiyasi va korxonalarning 693 mlrd so‘m mablag‘i tejalishi kutilmoqda. Shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti tizimida 300 ta nasosni yangilash rejalashtirilgan. Taqdimotda, shuningdek, elektr energiyasi sohasida raqobatbardosh bozor mexanizmlarini joriy etish choralari muhokama qilindi.

Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini xususiy sektorga berish ishlari Samarqand viloyatidan boshlanib, keyingi bosqichda Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahriga kengaytirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali tarmoqlarni yangilashga investitsiyalarni jalb etish orqali yo‘qotishlarni keskin kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tojikiston va Eron 2026-yil martdan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar uchun vizani bekor qiladi
/
Tojikiston va Eron 2026-yil martdan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar uchun vizani bekor qiladi
Markaziy bank “Yangi bank” litsenziyasini chaqirib oldi
/
Markaziy bank “Yangi bank” litsenziyasini chaqirib oldi
O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni klasterli boshqarish tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni klasterli boshqarish tizimi joriy etiladi