Farg’ona viloyatida $7 mlrddan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan

Xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar 132 ta loyihani ishlab chiqdilar

Farg’ona viloyatida $7 mlrddan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg’ona viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.

So’nggi yetti yil ichida Farg’ona viloyatiga qariyb 77 trln so’m sarmoya jalb etildi. Bu 116 ming ish o’rni yaratish va $4,5 mlrdlik eksport salohiyatini shakllantirishga imkon berdi. hozirgi vaqtda mintaqada umumiy qiymati $1,3 mlrd bo’lgan mingdan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar umumiy qiymati 7 milliard dollardan ortiq bo’lgan 132 ta loyihani ishlab chiqdilar, shundan $2,1 mlrdlik 25 ta loyiha prezidentga taqdim etildi, deyiladi xabarda.

Loyihalarga Avstriya, AQSh, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Yaponiya va Ozarbayjon kompaniyalari sarmoya kiritmoqda. Ushbu loyihalar to’qimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqa sohalarni qamrab oladi.

132 ta loyihani amalga oshirish 23 mingdan ortiq ish o’rni yaratadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM