6.4.2026 | 18:24
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi
Markaziy bank 7-aprel uchun yangi valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 7-aprel holatiga xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, AQSH dollari 4,67 so‘mga oshib, 12 175,34 so‘mni tashkil etdi. Yevro ham 15,14 so‘mga qimmatlashib, 14 063,74 so‘mga yetdi.
Shuningdek, boshqa valyutalar bo‘yicha kurslar quyidagicha belgilandi:
- funt sterling — 16 127,46 so‘m (+19,58);
- rubl — 154,29 so‘m (+1,99);
- yuan — 1 769,0 so‘m (+0,32);
- iyena — 76,37 so‘m (+0,11);
- tenge — 26,19 so‘m (+0,26).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ