O‘zbekistonda 6-mart kuni metan zapravkalari xususiy transportga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi

Vaqtinchalik cheklovlar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini yoqilg‘i bilan ta’minlash maqsadida joriy etildi

O‘zbekistonda 6-mart kuni metan zapravkalari xususiy transportga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi

O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar kuchaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6-mart kuni kun davomida metan zapravkalari faqat jamoat transporti hamda ijtimoiy muassasalarga biriktirilgan transport vositalariga xizmat ko‘rsatadi. Xususiy avtomobillarga gaz quyish vaqtincha to‘xtatilgan.

Bunday qaror magistral gaz quvurlarida bosim keskin pasaygani sabab qabul qilingan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ustuvor vazifa — aholi uy-joylari va ma’muriy binolarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlashdir.

Eslatib o‘tamiz, 4-mart kuni sovuq ob-havo fonida metan zapravkalari faoliyati 19:00 dan 5-mart soat 10:00 gacha cheklangandi. 5-mart kuni esa stansiyalar kuniga 6 soat — 10:00 dan 16:00 gacha ishlashi belgilangan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Top-300 oliygohlarda magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti qoplanadi
/
Top-300 oliygohlarda magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti qoplanadi
Ayollar tadbirkorligi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga 25 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
/
Ayollar tadbirkorligi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga 25 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
Toshkentdagi yangi aeroportda maydoni 208 ming kvadrat metrdan ortiq yo‘lovchi terminali quriladi
/
Toshkentdagi yangi aeroportda maydoni 208 ming kvadrat metrdan ortiq yo‘lovchi terminali quriladi