O‘zbekiston 58 ta yangi maktab qurilishi uchun Islom taraqqiyot bankidan $200 mln jalb etadi

Bundan tashqari, Milliy pedagogika universitetini tashkil etish va “Kelajak o‘qituvchilari” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston 58 ta yangi maktab qurilishi uchun Islom taraqqiyot bankidan $200 mln jalb etadi

Prezident 21-aprel kuni maktab ta’limi sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar tayyorlash tizimini isloh qilish borasidagi rejalar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tashabbuslar doirasida Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilish va O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini tashkil etish, “Kelajak o‘qituvchilari” loyihasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Ilm-fan, ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida universitetda Germaniyaning ilg‘or standartlari asosida tashkil etilgan zamonaviy universitet klinikasi bo‘ladi. Bundan tashqari, ta’lim sifatini xolisona baholash maqsadida xalqaro metodikalar joriy etilmoqda: bu yil 233 ta ta’lim muassasasidan 15 yoshli 9 ming nafar o‘quvchining bilimi PISA xalqaro dasturi doirasida sinovdan o‘tkaziladi.

2025-yilda davlat byudjeti hisobidan 112 ming nafar o‘quvchi uchun yangi o‘rinlar yaratish rejalashtirilmoqda. Aholi sonining o‘sishi va maktablarga bo‘lgan ehtiyojning tobora kuchayishini inobatga olgan holda, hukumat mintaqalarda 58 ta zamonaviy maktab qurish maqsadida Islom taraqqiyot bankidan $200 mln miqdorida mablag‘ jalb etishni ko‘zlamoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
/
Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
/
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi