O‘zbekistonda QQSdan ozod etiladigan 516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti ro‘yxati tasdiqlandi

Xususan, mahsulotni yetishtirish uchun to‘langan soliq esa fermerlarga uch kun ichida avtomatik qaytariladi

O‘zbekistonda QQSdan ozod etiladigan 516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari tomonidan sotiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati rasman tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab agrar soha korxonalariga o‘zlari yetishtirgan hosilni realizatsiya qilishda soliq imtiyozi berildi.

Yangi tartib don ekinlari va paxtadan tashqari barcha yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishga tatbiq etiladi.

Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjat 516 turdagi mahsulotni o‘z ichiga oladi. Ularning asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi. Ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.

Bundan tashqari, tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni xarid qilishda to‘langan QQS summasi ishlab chiqaruvchilarga qaytariladi.

Mazkur mablag‘larni fermerlarga qaytarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, uch kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nurafshonda $500 mlnlik Kelajak texnologiyalari markazi quriladi
/
Nurafshonda $500 mlnlik Kelajak texnologiyalari markazi quriladi
“Keshbek tizimi qancha tez bekor qilinsa, shuncha yaxshi” — Fiskal tahlillar instituti vakili
/
“Keshbek tizimi qancha tez bekor qilinsa, shuncha yaxshi” — Fiskal tahlillar instituti vakili
Raqobat qo‘mitasi mahalliy brendlar duch kelayotgan muammolar bo‘yicha murojaatlar qabul qilishni boshladi
/
Raqobat qo‘mitasi mahalliy brendlar duch kelayotgan muammolar bo‘yicha murojaatlar qabul qilishni boshladi