O‘zbekistonda 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

“Antikvar” maqomidagi mashinalar bundan mustasno - ularga maxsus to‘q sariq raqamlar beriladi

O‘zbekistonda 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 50 yil bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi mumkin. IIV tomonidan kiritilgan qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno).

Bundan tashqari, ochiq konlarda (karerlarda) ishlovchi o‘ziag‘daruvchi yuk avtomobillari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan “N3” va “O4” toifadagi yuk tashuvchi va maxsus transport vositalari hamda ochiq konlarda (karer) ishlovchi o‘ziag‘daruvchi yuk avtomobillari hamda “antikvar” avtomobillar uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.

Qarorning qo‘shimcha ma’lumotida aytilishicha, respublikada 2025-yilga kelib transport vositalari soni 5,2 mln tadan oshgan bo‘lib, shundan 87,6 mingtasi ishlab chiqarilganiga 50 yil bo‘lgan mashinalardir.

Bunday avtotransport vositalari xavfsizlik talablariga javob bermaydi va ekologik me’yorlarga (Yevro-4, Yevro-5) mos emas, 30% ko‘proq zararli gaz ajratadi hamda ma’nan eskirgan transport vositalari davlat raqam belgisini noqonuniy taqib yurish (139 ta holat aniqlangan) holatlariga sabab bo‘lmoqda, — deyiladi qarorda.

Muhokama 11-oktabrgacha davom etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
/
UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
/
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi