30.12.2025 | 16:32
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
Markaziy bank 5-yanvar uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 5-yanvar uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 20,92 so’mga tushib, 12 004,41 so‘mga yetdi. Yevro esa 14 129,19 so’mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum qilindi:
- funt sterling — 16 222,76 so‘m (-33,04);
- rubl — 153,59 so‘m (-1,66);
- Xitoy yuani — 1 717,79 so‘m (+1,55);
- Yaponiya iyenasi — 76,99 so‘m (+0,06);
- Qozog‘iston tengesi — 23,91 so‘m (-0,01)
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ