Markaziy bank noyabrda 4 ta bankka jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Prudensial talablar buzilgani uchun 1 ta mikromoliya va 1 ta to‘lov tashkiloti ogohlantirildi

Markaziy bank noyabrda 4 ta bankka jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2025-yil noyabr oyida o‘tkazilgan yig‘ilishlarida (oltinchi marotaba) 41 ta masalani ko‘rib chiqib, tegishli qarorlar qabul qildi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsat berish yo‘nalishida 31 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, kredit tashkilotlari ustavlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (5 ta), yangi tashkil etilayotgan mikromoliya va kredit tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (5 ta), bitta mikromoliya tashkilotini reyestrdan chiqarish, kredit tashkilotlari ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsat berish (4 ta), bank auditorlari uchun malaka sertifikatlarini berish (4 ta), shuningdek tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim xodimlar nomzodlarini ko‘rib chiqish (12 ta) bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala — Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlar talablariga rioya etilishi, tijorat banklari hamda kredit va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tekshiruvlar davomida prudensial normativ talablariga rioya etilmagani va aniqlangan kamchiliklar sababli 1 ta mikromoliya tashkiloti va 1 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirish berildi.

Shuningdek, Markaziy bank talablariga rioya etilmagani, inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar hamda pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash qoidalarini buzish holatlari uchun 4 ta bankka jarima sanksiyalari qo‘llandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda O‘zbekiston transport sohasiga kiritilgan investitsiyalar 25,8 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda O‘zbekiston transport sohasiga kiritilgan investitsiyalar 25,8 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda 2026-yildan AQSH kompaniyalariga sarmoya kiritish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi
/
O‘zbekistonda 2026-yildan AQSH kompaniyalariga sarmoya kiritish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi
Buyuk Britaniya to‘rtta o‘zbekistonlik kompaniyaga sanksiya kiritdi
/
Buyuk Britaniya to‘rtta o‘zbekistonlik kompaniyaga sanksiya kiritdi