Samarqandda $4 mlrdlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda
Natijada $1,8 mlrd investitsiya o’zlashtiriladi

Фото: Пресс-служба президента
20-noyabr kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmushi farovonligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo’lib o’tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqandda $4,1 mlrdlik 120 ta loyihani amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lib, hududiy dasturlar doirasida kamida $1,8 mlrd investitsiyalarni o‘zlashtirish, 20 ming ish o‘rni yaratish va qo‘shimcha $1,2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Jumladan, Pastdarg‘om tumani “Chimboyobod” hududida hokimlik zaxirasida turgan 234 gektar yerga $500 mln investitsiya kiritib, farmatsevtika, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat loyihalarini boshlash mumkin.
Shuningdek, Zarafshon daryosi atrofidagi 25 gektar toshloq yer “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga qo‘shilishi orqali qiymati $30 mlnlik loyihalarni amalga oshirish mumkinligi qayd etildi. Darg‘om kanali bo‘yida 35 kilometrli turistik yo‘lak, Narpay kanalida gastronomik ko‘prik tashkil etish orqali birinchi bosqichda $500 mlrd so‘mlik loyihalar yo’lga qo’yiladi.
Bulung‘ur tumanidagi 6 ming gektar samarasi kam g‘alla maydonlari meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashtirilib, $10 mingdan daromad olish mumkinligi aytildi. Mahsulotlarning yarmi eksportga chiqarilib, qo‘shimcha $52 mln eksport qilsa bo’ladi.
Ishtixonda Bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy institutini tajriba stansiyasini tashkil qilish taklifi bildirildi. Unda “in-vitro” usulida ko‘chatchilik yo‘lga qo‘yilib, uzumning “Gigant”, “Sirliboy”, “Avatar” kabi bozorbop navlari ekilishi orqali hosildorlik 25-30 sentnerga, eksport $20 mlnga oshishi mumkin.
Shu bilan birga, Qo‘shrabot, Ishtixon, Nurobod, Pastdarg‘om, Paxtachi va Urgutdagi konlar negizida foydali qazilmalarni qayta ishlash korxonalari ochish imkoniyati borligi keltirib o’tildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ