30.3.2026 | 16:31
O‘zbekistonda dollar kursi 12 200 so‘mdan oshdi
Markaziy bank 31-mart uchun yangi valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 31-mart holatiga xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, AQSh dollari 15,21 so‘mga qimmatlashib, 12 210,71 so‘mga yetdi. Yevro esa 13,01 so‘mga arzonlab, 14 036,21 so‘mni tashkil etdi.
Boshqa valyutalar bo‘yicha kurslar quyidagicha:
- funt sterling — 16 162,10 so‘m (-66,45);
- rubl — 150,36 so‘m (+0,65);
- yuan — 1 766,98 so‘m (+1,59);
- iyena — 76,51 so‘m (+0,23);
- tenge — 25,39 so‘m (+0,16).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ