29.1.2025 | 16:52
O‘zbekistonda iyena va tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Markaziy bank tomonidan 30-yanvar kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o‘rnatildi
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 30-yanvar kuni O‘zbekiston so‘miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 968,34 (-6,64) so‘mni tashkil etdi, yevro ham 48,43 so‘mga tushib 13 492,26 so‘mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo‘ldi:
- funt sterling — 16 107,98 so‘m (-43,28);
- rubl — 132,32 so‘m (-0,74);
- Xitoy yuani — 1 788,39 so‘m (-0,92);
- Yaponiya iyenasi — 83,48 so‘m (+0,01);
- Qozog’iston tengesi — 25,08 so‘m (+0,01).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ