O’zbekiston va Afg’oniston $2,5 mlrdlik investitsiya bitimlarini imzoladilar

Mamlakatlar 35 ta shartnoma tuzdilar

O’zbekiston va Afg’oniston $2,5 mlrdlik investitsiya bitimlarini imzoladilar

O’zbekiston va Afg’oniston $2,5 mlrdlik 35 ta investitsiya va savdo bitimlarini imzoladilar. Bu haqda TOLOnews xabar bermoqda.

Ulardan 12 tasi $1,4 mlrdlik investitsiya sektoriga va 23 tasi $1,1 mlrdlik savdo sektoriga tegishli.

Joriy yilning 17 avgust kuni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Afg’onistonga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Afg’oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G’ani Barodar, bosh vazirning ma’muriy masalalar bo’yicha o’rinbosari Abdul Salam Xanafi, bosh vazirning siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaki bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirish, energetika sohasidagi hamkorlik darajasini oshirish, mis, temir, neft va gaz konlarini o’zlashtirish, transport-logistika, qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha qo’shma loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.

Tomonlar sport, ta’lim va mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish bo’yicha fikr almashdilar. Bu yil o’zaro tovar ayirboshlashni $1 mlrdga va kelgusi yillarda $3 mlrdga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi qayd etildi.

O’zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Aziz Qudratovning so’zlariga ko’ra, joriy yilning 1 oktyabridan boshlab turli imtiyozlar bilan savdo bitimlarini amaliy amalga oshirish boshlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi