O‘zbekistondan Pokistonga eksport qilinadigan 29 ta mahsulotga imtiyozlar beriladi

Tomonlarning o'zaro savdo bitimi doirasida asosan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat eksporti qo‘llab-quvvatlanadi

O‘zbekistondan Pokistonga eksport qilinadigan 29 ta mahsulotga imtiyozlar beriladi

Imtiyozli savdoga oid bitimga asosan Oʻzbekistondan Pokistonga eksport qilinadigan 29 ta mahsulotga imtiyoz beriladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi Amir Sultonov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

2026-yil 6-fevralda prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Pokistonda boʻldi. Ikki mamlakat vakillari uchrashuvlarida oʻzaro hamkorlikka oid qator kelishuvlarga erishilgan. Jumladan, savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish boʻyicha muhim hujjatlar imzolangan.

Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitimga protokol imzolandi. Bu protokol bilan Oʻzbekistondan Pokistonga eksport qilinadigan 29 ta mahsulotga nisbatan imtiyozli rejim qoʻllanadigan boʻldi. Ularning aksariyati qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Oldin biz imtiyozli savdo bitimini imzolaganimizda, Oʻzbekistonning eksporti 17 ta mahsulotlarga qaratilgan edi. Hozirgi protokol bilan yana 29 ta mahsulot nomenklaturasiga kengaytirilyapti. Bu avvalo, Oʻzbekiston ishbilarmonlarining Pokiston bozoriga kirib kelishi uchun katta imkoniyat ochib beradi, dedi Amir Sultonov.

​Vazirlik vakili soʻzlariga koʻra, tashrif chogʻida Pokistonning Gvadar, Karachi va Qosim portlari infratuzilmasidan imtiyozli tarzda foydalanishga oid hujjat ham imzolangan.

Bu Oʻzbekiston ishbilarmonlari uchun eksport jarayonida mahsulotlar tannarxini kamayishiga imkon yaratadi. Yana bir muhim hujjatlar orasidan eksport jarayonlarini yanada jadallashtirib, osonlashtirishga qaratilgan fitosanitar talablarni kamaytirish va osonlashtirishga qaratilgan alohida protokollar ham imzolandi, dedi Amir Sultonov.

​Tashrif doirasida oʻtkazilgan biznes forumda prezident Shavkat Mirziyoyev ikki davlat tadbirkorlari uchun transport va logistika sohasida yetarli sharoit yaratilishini aytgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi
/
O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi
O‘zbekistonda 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi
/
O‘zbekistonda 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi
Elektron to‘lovlarga o‘tish ortidan banklarda pul almashinuvi keskin oshishi kutilmoqda
/
Elektron to‘lovlarga o‘tish ortidan banklarda pul almashinuvi keskin oshishi kutilmoqda