26.12.2025 | 16:20
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Markaziy bank tomonidan 29-dekabr kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o‘rnatildi
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 29-dekabr kuni O‘zbekiston so‘miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 057,32 (-21,15) so‘mni tashkil etdi, yevro ham 41,81 so‘mga tushib 14 192,67 so‘mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo‘ldi:
- funt sterling — 16 260,50 so‘m (-74,42);
- rubl — 155,16 so‘m (-0,07);
- Xitoy yuani — 1 720,73 so‘m (-3,26);
- Yaponiya iyenasi — 77,06 so‘m (-0,44);
- Qozog’iston tengesi — 24,14 so‘m (+0,47).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ