27.5.2024 | 16:20
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushmoqda
Markaziy bank tomonidan 28 may kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi

O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 28 may kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 679,99 so’mni (-24,69) tashkil etdi, yevro ham 21,45 so’mga tushib 13 779,35 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 16 173,33 so’m (+25,68);
- rubl — 143,34 (+1,68);
- Xitoy yuani — 1 750,41 so’m (-3,51);
- Yaponiya iyenasi — 80,82 so’m (-0,09);
- Qozog’iston tengesi — 28,66 so’m (-0,01).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ