O‘zbekiston banklarida mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 34,9% ni tashkil qilmoqda

Bunda eng yuqori foizlarda pul mablag‘larini ajratayotgan banklar TBC Bank va Anor bank bo‘lib turibdi

O‘zbekiston banklarida mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 34,9% ni tashkil qilmoqda

2025-yil 28-iyul holatiga O‘zbekiston banklari tomonidan beriladigan mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi — 34,9% ni tashkil qilmoqda.

Banklar bo‘yicha mikroqarz foiz stavkalari 10 ish kunida quyidagicha bo‘lgan:

  • TBC Bank — 40,1%;
  • Anor Bank — 39,9%;
  • Tenge Bank — 39,8%;
  • Apex Bank — 39,3%;
  • Davr Bank — 37,2%;
  • Ipoteka Bank — 37,1%;
  • Ipak Yo‘li Bank — 33,7%;
  • Garant Bank — 33,3%;
  • Hamkor Bank — 32,1%;
  • Madad Invest Bank — 31,8%;
  • Universal Bank — 31,8%;
  • SQB (Sanoat Qurilish Bank) — 30,1%;
  • Poytaxt Bank — 29,9%;
  • Asia Alliance Bank — 29,3%;
  • Ziraat Bank — 28,6%;
  • Xalq Banki — 28,5%;
  • Infin Bank — 25,9%;
  • Kapital Bank — 28,0%;
  • Trast Bank — 28,0%;
  • Agrobank — 27,6%;
  • Turon Bank — 27,6%;
  • Mkbank — 27,3%;
  • Asaka Bank — 26,9%;
  • BRB Bank — 26,6%;
  • Aloqabank — 21,2%;
  • OFB Bank — 26,0%;
  • NBU — 26,1%.

Taqqoslash uchun jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlar (mikroqarzlar tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,4%, yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar o‘rtacha foiz stavkasi 22,8% darajasida belgilangan.

Mamlakatda avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 24,1% ni tashkil qilmoqda.

Banklar bo‘yicha avtokreditlar foiz stavkalari 10 ish kunida quyidagicha bo‘lgan:

  • Hamkorbank — 29,6%;
  • Infinbank — 28,0%;
  • Madad Invest Bank — 28,0%;
  • Garant Bank — 27,5%;
  • Mkbank — 27,2%;
  • SQB (Sanoat Qurilish Bank) — 26,9%;
  • Trastbank — 26,6%;
  • Asia Alliance Bank — 26,2%;
  • Aloqabank — 26,1%;
  • Poytaxt Bank — 26,1%;
  • BRB Bank — 26,0%;
  • OFB Bank — 21,5%;
  • Xalq Banki — 22,6%;
  • Asakabank — 23,4%;
  • NBU — 23,8%;
  • Turonbank — 24,4%;
  • Agrobank — 24,7%;
  • Davrbank — 25,3%;
  • Ipoteka Bank — 20,9%;
  • Ipak Yo‘li Bank — 25,5%.

Bunda jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlar (mikroqarzlardan tashqari) bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 23,4% ga, yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,8% ga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uzbekistan Airports” tender bekor qilinganligi to‘g‘risida izoh berdi
/
“Uzbekistan Airports” tender bekor qilinganligi to‘g‘risida izoh berdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Uzbekistan Airports” tenderini bekor qildi
/
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Uzbekistan Airports” tenderini bekor qildi
O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya darajasi 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank
/
O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya darajasi 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank