26.12.2024 | 16:43
O’zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Markaziy bank tomonidan 27-dekabr kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o‘rnatildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 27-dekabr kuni O‘zbekiston so‘miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 920,48 (-7,79) so‘mni tashkil etdi, yevro ham 26,20 so‘mga tushib 13 436,01 so‘mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo‘ldi:
- funt sterling — 16 190,65 so‘m (-34,33);
- rubl — 130,17 so‘m (+0,51);
- Xitoy yuani — 1 770,12 so‘m (-1,14);
- Yaponiya iyenasi — 82,07 so‘m (-0,10);
- Qozog’iston tengesi — 25,03 so‘m (-0,06).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ