24.7.2025 | 16:31
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi
Markaziy bank 25-iyul uchun xorijiy valyutalarning yangi kurslarini belgiladi

Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 25-iyul kuni amal qiladigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi.
Dollar kursi pasayib, 12 653,48 so‘mni (-109,05) tashkil etdi, yevro esa 106,47 so‘mga arzonlashib, 14 871,64 so‘mga tushdi.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum bo‘ldi:
- funt sterling — 17 142,93 so‘m (-145,19);
- rubl — 159,75 so‘m (-2,91);
- xitoy yuani — 1 767,86 so‘m (-14,09);
- yapon iyenasi — 86,34 so‘m (-0,77);
- qozoq tengesi — 23,31 so‘m (-0,41).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ