24.7.2024 | 16:17
O’zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Markaziy bank tomonidan 25 iyul kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi

Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 25 iyul kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 625,04 so’mni (+40,76) tashkil etdi, yevro ham 10,21 so’mga ko’tarilib 13 686,81 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 16 298,93 so’m (+50,11);
- rubl — 146,11 (+1,73);
- Xitoy yuani — 1 734,85 so’m (+4,98);
- Yaponiya iyenasi — 81,57 so’m (+0,87);
- Qozog’iston tengesi — 26,63 so’m (+0,01).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ