19.3.2026 | 16:49
Dollar kursi 12 200 so‘mga yaqinlashdi
Markaziy bank 24-mart uchun yangi valyuta kurslarini’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 24-mart holatiga ko‘ra xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi rasmiy kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, AQSh dollari 13,21 so‘mga qimmatlab, 12 192,06 so‘mni tashkil etdi. Shunday qilib, dollar kursi 12 200 so‘mlik psixologik chegaraga yaqinlashdi. Yevro kursi esa 56,70 so‘mga pasayib, 13 996,48 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha quyidagi rasmiy kurslar o‘rnatildi:
- funt sterling — 16 197,15 so‘m (-75,01);
- Rossiya rubli — 143,00 so‘m (-3,54);
- Xitoy yuani — 1 766,84 so‘m (-5,17);
- Yaponiya iyenasi — 76,60 so‘m (-0,04);
- Qozog‘iston tengesi — 25,26 so‘m (+0,06).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ