23.4.2025 | 16:24
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi
Markaziy bank tomonidan 24-aprel kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o‘rnatildi

Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 24-aprel kuni O‘zbekiston so‘miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 890,43 (+11,47) so‘mni tashkil etdi, yevro esa 80,92 so‘mga tushib 14 720,87 so‘mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo‘ldi:
- funt sterling — 17 173,92 so‘m (-43,96);
- rubl — 156,04 so‘m (-2,35);
- Xitoy yuani — 1 768,48 so‘m (+7,38);
- Yaponiya iyenasi — 90,85 so‘m (-0,84);
- Qozog’iston tengesi — 24,86 so‘m (-0,01).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ