O’zbekistonga dunyoning nufuzli 23 ta mehmonxona brendlari kirib keladi

Bo‘stonliqda esa $10 mlrdlik “Sea Breeze” nomli yirik markaz qurilishini boshlashga kelishilgan

O’zbekistonga dunyoning nufuzli 23 ta mehmonxona brendlari kirib keladi

Bugun prezident ishtirokida tadbirkorlikda yilda davomida qilingan ishlar va 2025-yilga rejalar yuzasidan selektor o‘tkazilmoqda. Bu haqda Sherzod Asadov yozmoqda.

Unga ko‘ra, Bo‘stonliqda $10 mlrdlik “Sea Breeze” nomli yirik markaz qurilishini boshlashga kelishib olindi. Shuningdek, mamlakatimizga dunyoning nufuzli “Swissôtel”, “Sheraton”, “Ritz-Carlton”, “Novotel”, “Pullman”, “Marriott”, “ibis”, “Mercure” kabi 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelyapti.

“Kelgusi yilda mehmon o‘rinlari yana 30 mingga oshadi. Tadbirkorlar bunga 10 trln so‘m investitsiya kiritishga tayyor”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu yil ishga tushgan 17 ta yirik savdo va turistik maskanga qo‘shimcha yana 25 ta shunday majmua qo‘shiladi.

Savdoni rivojlantirish bo‘yicha alohida kompaniya ochilib, eksportni moliyalashtirish uchun $350 mln ajratildi. Natijada berilgan har $1 hisobiga tadbirkorlar $6lik eksport qildi.

Kelgusi yilda bunga yana $300 mln berilishi belgilandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
/
Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi
/
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi