21.1.2025 | 16:13
O‘zbekistonda dollar kursi 13 000 so‘mga yaqinlashmoqda
Markaziy bank tomonidan 22-yanvar kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o‘rnatildi
Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 22-yanvar kuni O‘zbekiston so‘miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 984,44 (+9,35) so‘mni tashkil etdi, yevro ham 69,36 so‘mga ko‘tarilib 13 442,79 so‘mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo‘ldi:
- funt sterling — 15 904,64 so‘m (+103,58);
- rubl — 129,90 so‘m (+2,27);
- Xitoy yuani — 1 782,84 so‘m (+9,32);
- Yaponiya iyenasi — 83,29 so‘m (+0,27);
- Qozog’iston tengesi — 24,75 so‘m (+0,27).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ