21.11.2024 | 16:38
O’zbekistonda iyenadan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Markaziy bank tomonidan 22 noyabr kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi
O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 22 noyabr kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 844,21 (-11,72) so’mni tashkil etdi, yevro ham 62,46 so’mga tushib 13 508,26 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 16 226,09 so’m (-61,09);
- rubl — 127,35 (-0,81);
- Xitoy yuani — 1 773,74(-0,27);
- Yaponiya iyenasi — 83,19 so’m (+0,65);
- Qozog’iston tengesi — 25,95 so’m (-0,01).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ