20.4.2026 | 12:52
2026-yil boshidan buyon 1,6 mln dan ortiq o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
Eng ko‘p tashrif buyurilgan davlatlar qatorida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston yetakchilik qilmoqda
Фото: Kapital.uz
2026-yilning yanvar–mart oylarida 1 mln 631 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 111,6 ming nafarga oshgan.
Hisobot davrida o‘zbekistonliklar eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar quyidagicha:
- Qirg‘iz Respublikasi — 660 579 nafar;
- Qozog‘iston — 284 024 nafar;
- Tojikiston — 282 040 nafar;
- Saudiya Arabistoni — 136 060 nafar;
- Rossiya — 88 267 nafar;
- Turkiya — 52 199 nafar;
- BAA — 28 125 nafar;
- Xitoy — 15 844 nafar;
- Tailand — 13 839 nafar;
- Misr — 12 186 nafar.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ