2026-yilda farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish hajmini 8,5 trln so‘mga yetkaziladi

Bundan tashqari, kelgusida $800 mlnlik yangi investitsiya loyihalarini boshlash rejalashtirilmoqda

2026-yilda farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish hajmini 8,5 trln so‘mga yetkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yilda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib ishlab chiqarish hajmini 8,5 trln so‘mga yetkazish, qiymati $1 mlrd bo‘lgan istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda $800 mlnlik yangi investitsiya loyihalarini boshlash belgilandi.

Farmonga muvofiq, original dori vositalarining patent muddati tugagandan so‘ng bir yil ichida ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chorasi joriy etiladi. Xususan, texnologiyalar transferi xarajatlarining 50%i (biroq $50 mingdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda) yoki mahsulotni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot xarajatlarining 50%i (biroq $100 mingdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda) qoplab beriladi.

Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan boshlab “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP” milliy sertifikatiga ega bo‘lgan korxonalarga sertifikat amal qilish muddati davomida o‘z ishlab chiqarish liniyalarida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyundan farmatsevtika va boshqa ishlab chiqaruvchi korxonalarga, istisno tariqasida, soliqlar va yig’imlarni to’lash bo’yicha BHMning 2 baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorda qarzdorlik mavjud bo’lganda, qarzdorlik ushbu miqdordan yuqori bo’lgan holatlarda esa qarzdorlik shakllangan kundan boshlab 10 kun muddatda davlat xaridlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.

2028-yil 1-yanvardan boshlab:

  • biologik faol qo’shimchalarga ruxsatnoma berishda Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (HAACP) tizimi joriy etilganligi talab etiladi;
  • biologik faol qo’shimchalar majburiy raqamli markirovkalashdan o’tkaziladi.

O’zbekiston kimyo-farmasevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti va “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutlari negizida Milliy biofarmasevtika ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) tashkil etiladi.

Kapital.uz avvalroq farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalarigasoliq imtiyozlari berilishi haqida yozgandi. Xususan, 1-apreldan boshlab qayerda joylashganidan qat’i nazar, yangi farmatsevtika vositalari ishlab chiqarish, dorivor o‘simlik yetishtirish va qayta ishlash yo‘nalishidagi loyihalar boshlanganidan e’tiboran 3 yil muddatga yer solig‘i, shuningdek, foyda va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Brent nefti narxi bir kunda $92 gacha pasaydi
/
Brent nefti narxi bir kunda $92 gacha pasaydi
Top-300 oliygohlarda magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti qoplanadi
/
Top-300 oliygohlarda magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti qoplanadi
O‘zbekistonda 6-mart kuni metan zapravkalari xususiy transportga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
/
O‘zbekistonda 6-mart kuni metan zapravkalari xususiy transportga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi