2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonning eksport hajmi $1,3 mlrdga yetgan

Xususan, yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli bo‘lgan

2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonning eksport hajmi $1,3 mlrdga yetgan

Yil boshidan buyon O‘zbekistonning eksport hajmi $1,3 mlrdga yetgan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni aholi bandligini ta’minlash va investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli bo‘lgan. Shundan 91 ming nafari doimiy ishga joylashgan, 153 mingi tadbirkorlikka jalb qilingan.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 32 ta yo‘nalishda yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Yaqinda vazirlik va hokimliklar mutaxassislaridan iborat guruhlar Xitoyga borib, tajriba almashib keldi. Endi joylardagi imkoniyatlar aholiga tushuntirilib, daromad topishga ko‘maklashiladi.

Bu yil qariyb $14 mlrdlik 8 mingta loyihani amalga oshirib, 272 mingta doimiy ish joyi yaratish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

BYD zavodi O‘zbekistonda 10 ta yangi model ishlab chiqarish uchun $200 mln jalb qiladi
/
BYD zavodi O‘zbekistonda 10 ta yangi model ishlab chiqarish uchun $200 mln jalb qiladi
2026-yilda JAC Motors Toshkent avtomobil zavodi ishga tushiriladi
/
2026-yilda JAC Motors Toshkent avtomobil zavodi ishga tushiriladi
Endilikda soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshganda elektr uchun to‘lov cheklanadi
/
Endilikda soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshganda elektr uchun to‘lov cheklanadi