O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi

1 yil ichida sotilmagan ko‘chmas mulk obyektlari yuridik shaxslarga beriladi

O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi

Mamlakatda 2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trln so‘m tushumni ta’minlash belgilandi. 

Davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk ob’yektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqariladi. 

Dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqariladi. 

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvargacha davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilinadi.

Maydoni 10 ming metr kvadratgacha bo‘lgan davlat mulki obyektlari yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaradigan tadbirkorlarga 5 yil muddatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekin foydalanishga beriladi hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda ushbu tadbirkorlarga baholangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotiladi.

Boshlang‘ich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llangandan keyin ham 1 yildan ortiq muddatda sotilmagan va xaridorlar uchun jozibador bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitaliga ulush sifatida kiritiladi.

Bozorlar va savdo majmualari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtirok etishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston 2028-yilgacha eng yirik davlat korxonalarining IPO va SPO dasturini joylashtiradi. Xususan, 12 ta kompaniya qatorida NKMK 2026-yil yakuniga qadar sotilishi belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi
/
2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi
“Toshkent–Andijon” avtomagistralini qurish uchun arizalar berish muddati 21-maygacha uzaytirildi
/
“Toshkent–Andijon” avtomagistralini qurish uchun arizalar berish muddati 21-maygacha uzaytirildi
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi