Yil boshidan buyon so‘mning qadri 7% ga mustahkamlandi

Tijorat banklarida xorijiy kreditlar hisobidan $7,3 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan

Yil boshidan buyon so‘mning qadri 7% ga mustahkamlandi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko’ra, yanvar-oktabr oylarida milliy valyuta ayirboshlash kursi mustahkamlanish tendensiyasini davom ettirib, uning qadri 7% ga oshdi.

Kurs dinamikasi ichki bozordagi talab-taklif omillari, makroiqtisodiy tendensiyalar va tashqi iqtisodiy sharoitlar ta’sirida shakllandi. Eksport, xorijiy kreditlar va pul o‘tkazmalari oqimlarining sezilarli oshishi, xorijiy investitsiyalar hajmining ortishi hamda importning nisbatan barqarorlashishi milliy valyuta kursining mustahkamlanishiga ta’sir qilgan omillar bo‘ldi, deyiladi regulyator sharhida

2025-yilning dastlabki 10 oyida yuridik shaxslarning chet el valyutasiga bo‘lgan talabi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24% ga oshgan bo‘lsa, ularning valyuta taklifi hajmi 38% ga oshdi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport tushumlari hisobiga shakllanadigan valyuta taklifi ushbu davrda 18% ga oshib, $14,5 mlrdni tashkil etdi. Mazkur tushumlarning $8,1 mlrdi (yoki 56%) ichki valyuta bozorida sotildi, qiymat o‘tgan yilga nisbatan 23%ga yoki $6,6 mlrdga ko‘p.

Shuningdek, ushbu davrda banklar xorijiy kreditlar hisobidan ichki bozorda $7,3 mlrd valyuta sotdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 62% yoki $2,8 mlrd ko‘p.

Yanvar-oktabr oylarida importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki bozordan xarid qilingan valyuta (konvertatsiya) ulushi 64,8% ni (2024 yilda – 65,0%), xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish ulushi 23,7% ni tashkil etdi (2024 yilda – 23%).

Sotib olingan xorijiy valyutaning asosiy yo‘nalishlari:

  • 51% — ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi;
  • 27% — xorijiy valyutadagi kreditlarni so‘ndirish;
  • 17% — xalq iste’moli mollari va dori-darmonlar importi;
  • 2% — xorijiy investorlar daromadlarini repatriatsiya qilish;
  • 3% — boshqa maqsadlar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi