2025-yilda “OKMK” $1 mlrd, “NKMK” $500 mln yevrobond chiqaradi
Shuningdek, 27 ta tuman hokimiga investitsiyani $200 mlndan oshirish belgilandi
2025-yilda “OKMK” $1 mlrd, “NKMK” $500 mln, “Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” har biri $300 mlnlik yevroobligatsiya joylashtiradi. Bu haqda Prezident matbout xizmat ma’lum qildi.
Bugun, 16-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports”, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ham xalqaro reyting olib, tashqi bozordan jami $700 mln olib kelishi lozim
2025-yil uchun $2 mlrd grant olish bo‘yicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi.
Shuningdek, 2025-yilda 27 ta tuman hokimiga investitsiyani $200 mlndan oshirish belgilandi.
So‘nggi besh yilda Uchko‘prikda xorijiy investitsiya 10 karra oshib, $100 mlnga yetdi. Tuman hokimi 2025-yilda buni $200 mlnga yetkazishni hisob-kitob qilgan.
Lekin 10 ta tuman hokimining rejasi 40 mlnga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. Bular Mirishkor, Ko‘kdala, Boyovut, Bandixon, Uzun, Sherobod, Bekobod, Toshkent, Rishton, Gurlan tumanlari.
Mutasaddilarga ushbu tumanlarga yangi loyihalar paketini shakllantirib, kamida $100 mlnlik rejani tasdiqlash topshirildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ