2025-yilda O‘zbekiston Xitoyga $773 mlnlik gaz eksport qildi

Mamlakat quvur orqali gaz sotich bo'yicha Xitoyning beshinchi yirik yetkazib beruvchisiga aylandi

2025-yilda O‘zbekiston Xitoyga $773 mlnlik gaz eksport qildi

2025-yilda O‘zbekiston Xitoyga quvur orqali yetkazib berilgan tabiiy gaz eksportidan $773 mln daromad oldi. Bu haqda TASS Xitoy Xalq Respublikasining Bojxona qo’mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoyga gaz eksport qiluvchi davlatlar orasida beshinchi o‘rinni egalladi. Reytingda birinchi o‘rinda Rossiya joylashgan bo‘lib, u 2025-yilda Xitoyga $9,41 mlrdlik quvur gazini eksport qilgan. Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston ($8,41 mlrd), Myanma ($1,53 mlrd) va Qozog‘iston ($1,13 mlrd) qayd etilgan.

Xitoyning quvur orqali import qilinadigan gaz bozorida O‘zbekiston ulushi nisbatan kichik bo‘lsa-da, mamlakat mintaqadagi muhim energiya hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, Xitoy tomoni xorijdan xarid qilingan quvur gazining fizik hajmi — ya’ni aniq kub metr yoki milliard kub metr ko‘rsatkichlarini ochiqlamagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda turpaket sotish uchun $50 ming miqdorida badal joriy etilishi rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda turpaket sotish uchun $50 ming miqdorida badal joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Saudiya Arabistoni bir yil amal qiladigan ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi
/
Saudiya Arabistoni bir yil amal qiladigan ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi
“Rayhon” restoranlar tarmog‘i asoschisi sakkiz yilga qamaldi
/
“Rayhon” restoranlar tarmog‘i asoschisi sakkiz yilga qamaldi