Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxta narxiga oid xabarlarga izoh berdi

Tartibga ko‘ra, mashinada terilgan 1 kg paxta uchun 1 373 so‘m, qo‘lda terilganda esa 2 000 so‘m to‘lanishi belgilangan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxta narxiga oid xabarlarga izoh berdi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda 1 kg paxta uchun 1 800 ming so‘m narx belgilangani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Vazirlik bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirmoqda.

Tasdiqlangan tariflarga ko‘ra, mashinada terilgan 1 kg paxta uchun 1 373 so‘m, qo‘lda terilganda esa 2 000 so‘m (tavsiya etilgan narx) to‘lanishi belgilangan. Bunda to‘lovning yakuniy miqdori klaster, fermer xo‘jaligi va terimchilar o‘rtasidagi kelishuvga asosan aniqlanishi mumkin.

Bunga qo‘shimcha ravishda, paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun davlat har bir kilogramm uchun 1 000 so‘m miqdorida subsidiya ajratmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi narxlar faqat rasmiy manbalar orqali jamoatchilikka yetkazilishini ta’kidladi. Tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatish odamlarni chalg‘itishi va qonun doirasida javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi