2025-yil dekabrda pul massasi o‘sishi bo‘yicha rekord qayd etildi

M2 hajmi bir oyda qariyb 27 trln so‘mga oshib, so‘nggi 13 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

2025-yil dekabrda pul massasi o‘sishi bo‘yicha rekord qayd etildi

2025-yil dekabr oyida O‘zbekistonda pul massasining oylik o‘sishi bo‘yicha so‘nggi 13 yildagi eng yuqori natija qayd etildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Statistikaga ko‘ra, keng ma’nodagi pul massasi (M2) bir oyda 26,9 trln so‘mga oshib, 378,6 trln so‘mga yetdi. Milliy valyutadagi pul massasi esa 22,2 trln so‘mga ko‘payib, 309,0 trln so‘mni tashkil etdi.

Mutlaq ko‘rsatkichlarda dekabrdagi ushbu o‘sish oxirgi 13 yil ichidagi eng yuqori daraja bo‘ldi. Nisbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa bundan yuqori o‘sish 2022-yil aprel oyida, so‘m mustahkamlangan davrda kuzatilgan edi.

Yillik hisobda M2 hajmi 36,6% ga, milliy valyutadagi pul massasi esa 40,4% ga oshdi.

Oy davomida pul massasining barcha asosiy agregatlari yuqori sur’atda kengaydi. Xususan, muomaladagi naqd pullar 3,3 trln so‘mga ko‘payib, 68,5 trln so‘mga yetdi. Markaziy bankdan tashqaridagi naqd pullar hajmi esa 12,1 trln so‘mga oshib, 99,7 trln so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, yil yakunida vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlar 7,8 trln so‘mga ko‘payib, 29,5 trln so‘mga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda ipoteka kreditlari uchun limit 480 mln so‘mgacha oshiriladi
/
Toshkentda ipoteka kreditlari uchun limit 480 mln so‘mgacha oshiriladi
Xitoy kompaniyasi Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarishga $500 mln investitsiya kiritadi
/
Xitoy kompaniyasi Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarishga $500 mln investitsiya kiritadi
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,3 mln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,3 mln so‘mdan oshdi