Avgustda O‘zbekiston pul massasi sezilarli darajada oshdi
Xususan, muomaladagi naqd pullar 1,9 trln so‘mga ko‘payib, 61,7 trln so‘mdan yuqoriladi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil avgust oyida keng ma’nodagi pul massasi (M2) 8,6 trln so‘mga ko‘payib, 324,4 trln so‘mga yetdi. Shundan milliy valyutadagi pul massasi 9,5 trln so‘mga oshib, 261,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Muomaladagi naqd pullar 1,9 trln so‘mga ko‘payib, 61,7 trln so‘mdan oshdi. Markaziy bankdan tashqaridagi naqd pullar esa 2,4 trln so‘mga ortib, 73,8 trln so‘mga yetdi.
So‘nggi bir yilda keng ma’nodagi pul massasi 29,6% ga, milliy valyutadagi pul massasi 34% ga, naqd pullar esa 18,8% ga o‘sdi.
Banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlari qoldig‘i 2,8 trln so‘mga oshib, 25,6 trln so‘mga yetdi. Bu 2024-yil yanvardan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ