Avgust oyida avtomobil bozorida faollik 9,5% ga pasaydi
Eng katta pasayish Toshkent, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatildi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Avgustda yengil avtomobillar savdosi 90 ming dona bo‘lib, iyul oyiga nisbatan 9,5% kamaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlari va islohotlar markazi xabar bermoqda.
Eng katta pasayish Toshkent, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatildi.
Birlamchi bozor: yangi yengil avtomobillar savdosi 37,6 ming dona bo‘lib, o‘tgan oyga nisbatan 2% kamaydi. Ulardan 32,6 mingtasi mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar bo‘lib, bu 0,8% pasayishni ko‘rsatmoqda. Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotuvi esa 4,9 ming donani tashkil etdi (−9,4%).
Ikkilamchi bozor: avgustda 52,7 ming dona avtomobil sotilgan, bu iyulga nisbatan 14,3% kam.
Elektromobillar: ikkilamchi bozorda 2,7 mingta elektromobil sotildi. Bu oy bo‘yicha atigi 0,6% o‘sishni, yillik hisobda esa 4,6 barobar o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ