2024-yilda O‘zbekistonda 233,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan

Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 27 408 tani tashkil etgan

2024-yilda O‘zbekistonda 233,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan

2024-yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda 233,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 8,8% ga oshgan.

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 27 408 tani tashkil etgan. Shulardan 6 555 tasi yoki 23,9% Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, bu qurilish korxonalarining eng katta qismini tashkil qiladi.

O‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari umumiy qurilish ishlarining 9,2% ulushini tashkil etgan

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyatida eng yuqori ulush Toshkent shahri (14,5%), Qashqadaryo viloyati (12,9%) va Toshkent viloyati (12,1%) hududlarida qayd etildi. Boshqa hududlarda bu ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlandi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5,3%;
  • Andijon — 7,3%;
  • Buxoro — 10,3%;
  • Jizzax — 6,2%;
  • Navoiy — 11,7%;
  • Namangan — 5,4%;
  • Samarqand — 4,3%;
  • Surxondaryo — 5,6%;
  • Sirdaryo — 5,8%;
  • Farg‘ona — 5,0%;
  • Xorazm — 3,4%.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda paxta yetkazib beruvchilarga xaridorlarni erkin tanlash huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda paxta yetkazib beruvchilarga xaridorlarni erkin tanlash huquqi beriladi
O‘zbekistonda ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi joriy qilinadi
/
O‘zbekistonda ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi joriy qilinadi
O‘zbekiston 2024-yilda $1,5 mlrdlik meva-sabzavot eksport qildi
/
O‘zbekiston 2024-yilda $1,5 mlrdlik meva-sabzavot eksport qildi