2024-yilda O‘zbekistonning gaz importi hajmi 2,4 barobar ko‘paygan
Shuningdek, yil davomida $627,6 mln qiymatidagi gaz eksport qilgan
2024-yilda O‘zbekiston qiymat jihatidan (fizik hajm oshkor etilmagan) import hajmi $1,68 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
O‘tgan yilgi import hajmi 2023-yildagi $694,9 mlnlik ko‘rsatkichdan 2,4 barobar ko‘proq.
Yanvar oyida “ko‘k yoqilg‘i” importi $35,6 mlnni tashkil etdi, fevralda — 3,7 barobar ko‘p yoki $131,1 mln, martda — $193,5 mln, aprelda — $102,6 mln, mayda — $180,4 mln, iyunda — $166,3 mln, iyulda — $174,2 mln, avgustda — $168,3 mln, sentyabrda — $126,3 mln, oktyabrda — $86,7 mln, noyabrda — $186,8 mlnni tashkil qilgan.
Dekabrda yetkazib berish $127,9 mlnga yetgan, bu 2023-yil dekabridagi $132,2 mlndan biroz pastroq.
2023-yil oktabr oyidan O‘zbekiston Rossiyadan gazni Qozog‘iston hududi orqali teskari yo‘nalishda import qila boshlagan. Rossiyadan gaz importi hajmini oshirish uchun magistral gaz tizimini modernizatsiya qilishga $500 mln sarmoya kiritish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingandi. Turkmaniston ham gaz yetkazib bermoqda.
O‘zbekiston, shuningdek, o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq gaz eksport qila boshladi (qiymat jihatidan). Yil oxirida yetkazib berish $627,6 mln yetdi, bu 2023-yilga nisbatan 18,4% ga ko‘p ($529,9 mln).
Yanvar oyida bu ko‘rsatkich $21 mlnni tashkil etdi, fevralda — $5,7 mln, martda — $18,7 mln, aprelda — $6,9 mln, mayda — $7,6 mln, iyunda — $181,5 mln, iyulda — $81,7 mln, avgustda — $81,7 mln, sentabrda — $74,7 mln, oktabrda — $60,9 mln, noyabrda — $53 mln.
Dekabrda gazni xorijga yetkazib berish $87,2 mlngacha oshdi, bu o‘tgan yilning dekabr oyidagi ko‘rsatkichdan ($20,5 mln) 4 barobar ko‘p. O‘zbekiston gazni asosan Xitoyga, shuningdek, Tojikistonga yetkazib beradi. O‘tgan yili Qirg‘izistonga deyarli eksport qilinmagan.
Xitoy Xalq Respublikasining Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Xitoyning o‘zbek gazi importi $726,26 mlnni tashkil etgan, bu 2023-yilga ($470,3 mln) nisbatan 25,3% ga ko‘p. Bu O‘zbekistonning umumiy gaz eskporti raqamlarini ko‘rsatuvchi (nafaqat Xitoy) ma’lumotlaridan qariyb $100 mln ko‘proq.
Yanvarda Xitoy O‘zbekistondan $38,8 mlnlik gaz import qildi, fevralda — $18,6 mln, aprelda — $11,4 mln, mayda — $85 mln, iyunda — $81,1 mln, iyulda — $69,2 mln, avgustda — $97,37 mln, sentyabrda — $97,4 mln, oktyabrda — $88,9 mln, noyabrda — $79,4 mln, dekabrda — $58,8 mln. Bunda fizik hajmlar oshkor etilmagan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ