2024-yilda NKMKning tushumi rekord darajadaga — $7,4 mlrdga yetdi

So‘nggi yetti yil ichida kompaniya oltin qazib olish hajmini 30% ga oshirgan

2024-yilda NKMKning tushumi rekord darajadaga — $7,4 mlrdga yetdi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati o‘tgan yili moliyaviy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord natijalarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Toshkent investitsiya forumida kombinat bosh direktori o‘rinbosari Yevgeniy Antonov ma’lum qildi.

O‘zbekistonning yirik oltin qazib oluvchi korxonasi daromadi $7,4 mlrdga yetdi, oltin ishlab chiqarish hajmi esa 3,1 mln troya unsiyasini (96,4 tonna) tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 5,4% ga oshdi. Bunday o‘sish yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi tufayli amalga oshdi.

So‘nggi yetti yil ichida oltin qazib olish hajmi 30% ga ko‘paydi. Antonovning ta’kidlashicha, korxonaning resurs bazasi 146 mln unsiya (taxminan 4 ming 540 tonna) deb baholanmoqda, bu esa 50 yildan ortiq barqaror faoliyat yuritish uchun yetarli hisoblanadi.

Bu har qanday mezon bo‘yicha ajoyib natija. Ko‘pchilik kompaniyalar 15-20 yillik zaxiraga ega bo‘lishni yutuq deb bilishadi, bizda esa bu ko‘rsatkich deyarli ikki barobar ko‘p, — deya ta’kidladi u.

Jahon bozorida oltin narxlarining o‘sishi tufayli NKMK daromadi $7,4 mlrdga yetdi, EBITDA ko‘rsatkichi esa 60% dan yuqori marja bilan $4,6 mlrdni tashkil etdi.

Bosh direktor o‘rinbosarining aytishicha, bir unsiya (AISC) ishlab chiqarish uchun umumiy pul xarajatlari $979 ni tashkil etib, bu Rossiyaning Polus kompaniyasidan keyin dunyodagi ikkinchi natija hisoblanadi.

Shuningdek, kompaniya barqaror va ekologik rivojlanishga intilmoqda. Joriy yilda NKMKning energiya iste’molida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi 20% dan oshishi kutilmoqda va ekologik siyosatda chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha maqsadlar belgilangan.

Biz xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratamiz va hodisalar sonini minimallashtirishga harakat qilamiz. Har yili 15 mingdan ortiq xodim xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ta’lim va qayta tayyorgarlikdan o‘tadi. Kompaniyada raqamli monitoring tizimlari joriy etilgan, shuningdek, oddiy xodimlardan tortib rahbariyatgacha bo‘lgan barcha darajalarni qamrab oluvchi xavfsiz mehnat madaniyati izchil ravishda shakllantirilmoqda, — dedi Yevgeniy Antonov.

Bundan tashqari, kompaniya alohida ESG departamentini tashkil etdi, uning asosiy vazifalaridan biri 2030-yilga borib chuchuk suv iste’molini 36 mln kub metrga kamaytirishdir. 2023-2024-yillarda kompaniya ijtimoiy va xayriya tashabbuslariga $200 mlndan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2,8 mingdan ortiq avtobus bekatlari standartlarga mos kelmaydi
/
O‘zbekistonda 2,8 mingdan ortiq avtobus bekatlari standartlarga mos kelmaydi
“Toshkent-Sharqiy” aeroportida biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal quriladi
/
“Toshkent-Sharqiy” aeroportida biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal quriladi
2026-yildan O‘zbekistonda davlat xaridlarida majburiy ekologik mezonlar qo‘llaniladi
/
2026-yildan O‘zbekistonda davlat xaridlarida majburiy ekologik mezonlar qo‘llaniladi