2024-yilda ATTO tizimi orqali poytaxt va viloyatlardagi jamoat transportida 510,5 mln marta tranzaksiya amalga oshirildi

Bank kartalari orqali to‘lovlar 71,5% ga o‘sib, 146,5 mlnta tranzaksiyaga yetdi

2024-yilda ATTO tizimi orqali poytaxt va viloyatlardagi jamoat transportida 510,5 mln marta tranzaksiya amalga oshirildi

ATTO tizimi orqali poytaxt va viloyatlardagi jamoat transportida 510,5 mln marta tranzaksiya amalga oshirildi. Bu  2023-yilga nisbatan 52,6% ga yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Xususan, transport kartalari orqali 323,3 mln tranzaksiya amalga oshirildi, shundan 53,5 mlntasi tranzaksiya tarif rejalar bo‘yicha bo‘lgan.  

Metro yo‘lovchilari QR-kod orqali 75,6 mln marta, mobil QR orqali esa yana 3 mln marta to‘lovni amalga oshirdi.  

ATTO virtual kartalari o‘sish bo‘yicha yetakchilik qildi – yil davomida 2 mln tranzaksiya bilan 286,2% o‘sish qayd etildi.  

2024-yilda bank kartalari orqali to‘lovlar 71,5% ga o‘sib, 146,5 mlnta tranzaksiyaga yetdi. 

Avtobuslarda mobil QR orqali 4,3 mln tranzaksiya amalga oshirildi.  

Yil davomida 256 175 ta transport kartasi sotildi, ATTO mobil ilovasi foydalanuvchilari soni esa 740 mingdan oshdi.  

Respublika viloyatlarida tranzaksiyalar soni 177,3% ga oshib, 15,8 mln operatsiyaga yetdi.  

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi BAAning “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi
/
Raqobat qo‘mitasi BAAning “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi
Qozog‘iston temir yo‘l orqali benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqishni taqiqlanmoqda
/
Qozog‘iston temir yo‘l orqali benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqishni taqiqlanmoqda
O‘zbekistonda “Binance” rasman o‘z faoliyati boshladi
/
O‘zbekistonda “Binance” rasman o‘z faoliyati boshladi