2024-yilda 15 ta tijorat banki 9,7 trln so‘mlik ipoteka kreditlar ajratgan

Xususan, Xalq banki va Ipoteka banklaridan 2 trln so‘mdan ziyod mablag’ olingan

2024-yilda 15 ta tijorat banki 9,7 trln so‘mlik ipoteka kreditlar ajratgan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 15 ta tijorat banki tomonidan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida 35 ming 213 kishiga 9,7 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan.

Qayd etilishicha, eng ko‘p ipoteka krediti Xalq banki (2,5 trln so‘m), Ipoteka bank (2,2 trln so‘m) va O‘zmilliybank (1,4 trln so‘m) tomonidan ajratilgan.

Shuningdek, o‘tgan yilda Asia Alliance Bank, Trastbank, Poytaxtbank ham ipoteka dasturiga qo‘shilgan.

Hududlar kesimida, ipoteka kreditidan eng ko‘p Toshkent shahri aholisi foydalangan. Poytaxtda 6280 kishi 1 trln 727 mlrd so‘mlik, Farg‘ona viloyatida 4012 kishi 1 trln 116 mlrd so‘mlik, Andijon viloyatida 3600 kishi 1 trln 59 mlrd so‘mlik ipoteka krediti olgan.

Sirdaryo (490 kishi/138,3 mlrd so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1058 kishi/281,8 mlrd so‘m) va Toshkent viloyatida (1129 kishi 313,1 mlrd so‘m) yashovchilar boshqa viloyatlarga qaraganda kamroq ipoteka kreditlaridan foydalangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
/
Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
/
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi