O‘zbekistonda 2024-yilda faktoring xizmatlari hajmi 1,9 trln so‘mga yetgan

Bundan xizmatlarning 76% qismi Toshkent shahri to‘g’ri keladi

O‘zbekistonda 2024-yilda faktoring xizmatlari hajmi 1,9 trln so‘mga yetgan

Markaziy bank 2024-yil yakunlari bo‘yicha faktoring xizmatlari hajmini e’lon qildi.  

2024-yil sentabr oyidan boshlab elektron raqamli faktoring platformalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari banklarga tashrif buyurgan holda, faktoring xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Natijada, bugungi kunda 4 ta, Ozplanet, Finmakon, Faktoring.uz va B2 elektron faktoring platformalari faoliyat yuritib, ularga 26 ta tijorat banklari ulangan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2024-yilda faktoring xizmatlari hajmi 1,9 trln so‘mga yetib, shundan tijorat banklari 1,6 trln so‘mni (85%) va 0,3 trln so‘mni (15%) mikromoliya tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan. Shuningdek, jami ko‘rsatilgan faktoring xizmatlarning 58%i yoki 1,1 trln so‘m elektron faktoring platformalari orqali amalga oshirildi. 

2024-yilda ko‘rsatilgan faktoring xizmatlari banklar kesimida

  • Asaka bank: 561 mlrd so‘m ajratilgan, shundan 151 mlrd so‘mi elektron platforma orqali.
  • Uzmilliybank: 304 mlrd so‘m ajratilgan, shundan 270 mlrd so‘mi boshqa manbalar orqali.
  • O‘zsanoatqurilishbank: 162 mlrd so‘m ajratilgan, shundan 122 mlrd so‘mi elektron platforma orqali.
  • Xususiy banklar: Jami 348 mlrd so‘m ajratilgan, shundan 342 mlrd so‘mi elektron platformalar orqali. Xususan, Kapital bank: 96 mlrd so‘m, Anor bank: 50 mlrd so‘m ajratilgan.
  • Mikromoliya tashkilotlari: Jami 277 mlrd so‘mlik debitorlik qarzdorliklari moliyalashtirildi.

Hududlar kesimida 2024-yilda ko‘rsatilgan faktoring xizmatlari

Asosiy qismi Toshkent shahrida 1,4 trln so‘m (76%), Navoiy viloyatida 160 mlrd so‘m (8,6%), Farg‘ona viloyatida 120 mlrd so‘m (6,5% va Xorazm viloyati 31 mlrd so‘m (1,7%) miqdorida shakllandi.

Mijozlarning tashkiliy shakli bo‘yicha ko‘rsatilgan faktoring xizmatlarining taqsimotida eng yuqori ulush mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga 1,3 trln so‘m yoki 68% miqdorida faktoring xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga 360 mlrd so‘mni (19%) tashkil etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi