2024-yilning IV choragida pul bozoridagi operatsiyalarning hajmi 149 trln so‘mni tashkil etdi

Xususan, depozit operatsiyalari hajmi 15% ga qisqargan bo‘lsa, REPO operatsiyalari hajmi 1,7 barobarga oshgan

2024-yilning IV choragida pul bozoridagi operatsiyalarning hajmi 149 trln so‘mni tashkil etdi

2024-yilning IV choragida pul bozoridagi operatsiyalarning hajmi 33% ga oshib, jami 149 trln so‘mni tashkil etdi (1-rasm ). Bunda depozit operatsiyalari hajmi 15% ga qisqargan bo‘lsa, REPO operatsiyalari hajmi 1,7 barobarga oshdi. Bu haqdagi Markaziy bank o‘z hisobotida ma’lum qildi

Regulyator xabariga ko‘ra, 2024-yil IV chorakda pul bozorida REPO operatsiyalarining ulushi 72%ni (jami 2024-yil uchun 54% ni) tashkil etdi. REPO operatsiyalarining likvidlikni qayta taqsimlashdagi ahamiyati davlat qimmatli qog‘ozlari hajmining oshishi bilan bog‘liq bo‘ldi.

Xususan, 2024-yil davomida muomaladagi davlat qimmatli qog‘ozlari hajmi 2 barobardan ziyodga oshib, yil yakunida 44 trln so‘mga yetdi.

IV chorakda muomaladagi davlat qimmatli qog‘ozlarining banklararo REPO operatsiyalarida garov sifatida kundalik o‘rtacha 3,9% foydalanilgan. Bu banklarda likvidlik zaxiralari mavjudligini va kelgusi choraklarda davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi ortishi kutilayotganini ko‘rsatadi. Shu sababli, REPO amaliyotlarining pul bozoridagi ulushi kelajakda oshishi prognoz qilinmoqda.

Shu bilan birga, IV chorak davomida bir kundan yuqori muddatli banklararo depozit operatsiyalar ulushi 19,4% ni tashkil etdi.  

Bu umumiy likvidlikni banklar o‘rtasida samarali qayta taqsimlanishida depozit va REPO operatsiyalarining bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatiga ega bo‘lganligini ko‘rsatmoqda.  

Yuqori likvidlik profisiti banklararo pul bozori foiz stavkalari pasayishiga ta’sirga ega bo‘ldi. Natijada IV chorakda banklararo depozit va REPO operatsiyalari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari mos ravishda 13,9% – 13,2%gacha pasaydi (III chorakda 14,1%-13,5% ni tashkil etgan) (2-rasm). Xususan, banklar o‘rtasida overnayt operatsiyalar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavksi 13,1% ga teng bo‘ldi (III chorakda 13,4%).  

Bir kundan yuqori muddatli operatsiyalar bo‘yicha ham foiz stavkalarida pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da, Markaziy bank foiz koridori doirasida shakllanib bordi. Xususan, muddati 2-7 kunlik operatsiyalar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari 14,2% ni, 8-30 kunlik operatsiyalar bo‘yicha 15,6% ni tashkil etdi.  

Bir kundan yuqori muddatli operatsiyalar foiz stavkalarining pasayishi REPO bozorida likvidlikning nisbatan oshganligi, ya’ni garov mulki sifatida davlat qimmatli qog‘ozlarining ko‘plab qo‘llanilganligi, kredit xatari pastligi va likvidlik profisitining oshishi fondida banklarning likvidlik xatari bo‘yicha kutilmalarining pasayishi bilan izohlanadi.

Overnayt depozit operatsiyalari bo‘yicha hisoblangan UZONIA benchmark foiz stavkasi chorak davomida kichik tebranishlar bilan asosiy stavka darajasiga yaqin shakllanib va o‘rtacha 13,2 % ga teng bo‘ldi (III chorakda 13,4%).

Banklararo overnayt REPO operatsiyalari bo‘yicha hisoblangan shartli UZONIA foiz stavkasi o‘tgan chorakka nisbatan 0,3% bandga pasayib, o‘rtacha 13% ni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ekin yerlarida nima ekilgani haqida ma’lumotlar “onlayn mahalla” platformasiga kiritiladi
/
Ekin yerlarida nima ekilgani haqida ma’lumotlar “onlayn mahalla” platformasiga kiritiladi
2027-yilga qadar O‘zbekiston o‘zini kartoshka bilan to‘liq ta’minlashni rejalashtirmoqda
/
2027-yilga qadar O‘zbekiston o‘zini kartoshka bilan to‘liq ta’minlashni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda 15 ta kompaniyani o‘z ichiga olgan “Uzagrostar” xolding kompaniyasi tashkil etiladi
/
O‘zbekistonda 15 ta kompaniyani o‘z ichiga olgan “Uzagrostar” xolding kompaniyasi tashkil etiladi