O‘zbekiston 2025-yilda parrandachilik eksportini 2 karra oshirib, $180 mlnga yetkazish rejalashtirmoqda

Parrandachilik orqali daromad va ish o‘rinlarini oshirish uchun $50 mln ajratiladi

O‘zbekiston 2025-yilda parrandachilik eksportini 2 karra oshirib, $180 mlnga yetkazish rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2025-yilda parrandachilik eksportini 2 karra oshirib, $180 mlnga yetkazish rejalashtirmoqda. Bu haqda Prezident matbout xizmati ma’lum qildi

Kecha, 21-yanvar kuni Prezident Mirziyoyev parrandachilik va chorvachilikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. 

Xususan, 1 mln tonna parranda go‘shti, 10,5 mlrd dona tuxum yetishtirish mo‘ljallangan.

Chorvachilikda esa 1,350 mingta loyihani ishga tushirib, 3,2 mln tonna go‘sht yetishtirish, 13 mln tonnadan ziyod sut olib, uning 30% ini sanoat usulida qayta ishlash hisob-kitob qilingan.

Parrandachilik orqali daromad va ish o‘rinlarini oshirish uchun barcha viloyatlarda loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilib, buning uchun $50 mln ajratilmoqda.

Bundan tashqari, yaylovlarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish taklif etildi. “E-yaylov” elektron xaritasi ishlab chiqilib, har bir maydon ushbu tizimga kiritiladi. Unda chorva, ekin yoki geologiyaga  mo‘ljallangan joylar aniq namoyon bo‘ladi.

Bunday maydonlar eng ko‘p bo‘lgan 7 ta viloyatda yaylov xo‘jaliklari tashkil qilinadi. Ular o‘rmon xo‘jaliklari kabi yaylovlarni asrash va samarali foydalanishga mas’ul bo‘ladi. Yaylov xo‘jaliklaridagi yerlar auksion orqali chorva boqish, pista, bodom kabi ko‘chatlarni ekish uchun aholiga 30-yilga ijaraga beriladi.

Shuningdek, bu yil 500 ming gektar yaylovda 1 mln bosh qo‘yni tartibli boqish bo‘yicha namunaviy loyiha amalga oshirilishi mumkin. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
/
UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
/
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi