O’zbekistonda qiymati $2 mlrd bo‘lgan 9ta loyiha ishga tushirildi

Viloyatda 91ta xorijiy va 28ta mahalliy investitsiya loyihalari ustida ishlanmoqda

O’zbekistonda qiymati $2 mlrd bo‘lgan 9ta loyiha ishga tushirildi

Prezident 14-oktabr kuni Toshkent viloyatida umumiy qiymati $2 mlrd bo‘lgan 9ta investitsiya loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi

Viloyatda umumiy qiymati $20,3 mlrdlik 91ta xorijiy investitsiya va $4,5 mlrdlik 28ta mahalliy investitsiya loyihalari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumanida $350 mlnga 69 gektar maydonda to‘qimachilik sanoat parki tashkil etiladi. Bu majmuada 20 dan ortiq ip-kalava, mato to‘qish va bo‘yash, tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari yo’lga qo’yiladi.

Yashil energetikani rivojlantirish, energetika tizimi barqarorligini saqlash bo‘yicha 2030-yilgacha umumiy quvvati 4100 megavattli elektr energiyasini saqlash tizimlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Xitoyning “Chayna Datang” kompaniyasi bilan Bo‘kada qiymati $240 mlnlik quyosh elektr stansiyasi barpo etilishi rejalashtirilgan. Bu stansiyada yiliga 576 mln kilovatt soat yoki 240 ming xonadon uchun yetarli elektr energiyasi ishlanadi. Bu orqali viloyatda generatsiya quvvatlari 6,5 gigavattga, elektr energiyasi ishlab chiqarish yiliga 24 mlrd kilovatt soatga oshiriladi.

Shuningdek, “China Energy Overseas Investment” kompaniyasi bilan hamkorlikda Parkent va Piskent tumanlarida quriladigan $220 mlnlik, 200 megavattli energiya saqlash tizimlari loyihasi ham reja qilingan. Ular kunning tig‘iz paytlarida uzilishga yo‘l qo‘ymaslik va iste’molchilarni elektr bilan ishonchli ta’minlash imkonini beradi.

Bugungi kunda qiymati $880 mln va quvvati 340 megavatt bo‘lgan yana 4ta GES qurilmoqda. Shu bilan birga, 2028-yilgacha viloyatda umumiy quvvati qariyb 2400 megavatt bo‘lgan, $4 mlrd 800 mlnlik 23ta loyiha amalga oshiriladi.

Taqdimotda Ohangaron tumanida barpo etilgan 2,5 megavattli kichik GES hamda Bo‘stonliq tumanida qurilgan 1,5 megavattlik Ugam kichik GESi ishga tushirilgani aytib o’tildi

Ular yiliga 18 mln 400 ming kilovatt soat “yashil” energiya ishlab chiqaradi va 7 ming 600 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

IT va fintech kompaniyalarga R&D uchun bojxona imtiyozlari beriladi
/
IT va fintech kompaniyalarga R&D uchun bojxona imtiyozlari beriladi
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob
/
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
/
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi