18.12.2025 | 16:27
O‘zbekistonda rubldan boshqa barcha chet el valyutalari qimmati tushdi
Markaziy bank 19-dekabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 19-dekabr kuni uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 38,17 so’mga tushib, 12 021,61 so‘mga yetdi. Yevro esa 14 092,93 so’mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum qilindi:
- funt sterling — 16 047,65 so‘m (-23,21);
- rubl — 150,44 so‘m (+0,37);
- Xitoy yuani — 1 707,30 so‘m (-4,64);
- Yaponiya iyenasi — 77,09 so‘m (-0,45);
- Qozog‘iston tengesi — 23,36 so‘m (-0,08)
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ