O‘zbekistonda 17 mingta eski uy buzilib, zamonaviy ko‘p qavatli uylar quriladi

Aholiga yangi xonadonlar yoki kompensatsiya taklif etiladi, pastki qavatlarda esa do‘konlar va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ochiladi

O‘zbekistonda 17 mingta eski uy buzilib, zamonaviy ko‘p qavatli uylar quriladi

9-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik bo‘yicha yangilanish (renovatsiya) huquqiy asoslarini yaratish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda 17 mingga yaqin eskirgan, past qavatli va infratuzilmasi yaroqsiz holga kelgan uylar mavjud. Ularni zamonaviy, barcha kommunikatsiyalarga ega (issiqlik va sovuq suv, kanalizatsiya) bo‘lgan 7–9 qavatli uylarga almashtirish rejalashtirilgan.

Renovatsiya dasturi uch bosqichda amalga oshiriladi:

 1. Tanlab olish va loyihalash — shahar va tumanlarda qurilish uchun yaroqli hududlar belgilanadi va me’moriy-rejalashtirish yechimlari ishlab chiqiladi.

 2. Mulkdorlarga taklif — fuqarolarga yangi uy-joy yoki pul kompensatsiyasi taklif qilinadi. Barcha kelishuvlar yakka tartibda tuziladi va notarial tasdiqlanadi.

 3. Tasdiqlash va quruvchi tanlash — taklif etilgan loyihalar viloyat va respublika darajasida ko‘rib chiqiladi, so‘ng quruvchi belgilanadi.

 4. Qurilish va foydalanishga topshirish — yakuniy bosqichda yangi uylar qurilib, foydalanishga topshiriladi.

Yangi uylarning pastki qavatlarida do‘konlar, xizmat ko‘rsatish markazlari va kichik ishlab chiqarish obyektlari joylashadi. Hisoblarga ko‘ra, mazkur dastur orqali 20 ming gektar yer maydoni tejab qolinadi. Birinchi bosqichda 20 mingta yangi xonadon qurilishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
/
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda