16.12.2025 | 16:11
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
Markaziy bank 17-dekabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 17-dekabr kuni uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 24,45 so’mga tushib, 12 105,56 so‘mga yetdi. Yevro esa 14 232,51 so’mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum qilindi:
- funt sterling — 16 233,56 so‘m (-6,1);
- rubl — 152,56 so‘m (-0,48);
- Xitoy yuani — 1 719,12 so‘m (-2,13);
- Yaponiya iyenasi — 78,18 so‘m (-0,1);
- Qozog‘iston tengesi — 23,48 so‘m (+0,06).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ